To‘rtko‘lda yangi korxona ish boshladi

07.09.2019, 17:51

To‘rtko‘lda yangi korxona ish boshladi

Bu yil to‘rtko‘lliklar eng ulug‘, eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligining 28 yillik bayramini o‘zgacha ko‘tarinkilik, bunyodkorlik bilan qarshi oldi. Sababi mustaqillik bayrami arafasida hududda “MUSTAFA-FARM” MChJ ish boshladi.

Korxonaning ochilish marosimi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zLiDeP tuman Kengashi faollari, mahalliy kengash deputatlari hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yosh yigit-qizlar ishtirok etdi.

 “Ushbu loyiha qiymati 1 800 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Korxonamizda kuniga 500 ming dona bir martalik tibbiyot uchun qo‘llaniladigan shpritslar ishlab chiqariladi. Shuning hisobiga 120 nafardan ortiq yoshlar ish bilan ta’minlandi”, – deydi korxona rahbari M.Yusupov.

“Oldinda rejalarimiz ko‘p. Kelgusida ishlab chiqarish hajmini kengaytirib, tayyor mahsulotlarning 50 foizini xorijga eksport qilmoqchimiz. Shunda yoshlar uchun yanada qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi”, – deya qo‘shimcha qildi u.  

Tadbir davomida ishtirokchilar korxona faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 Kengashi matbuot xizmati

          

  • Ko'rildi
    938
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара 2019-09-09 08:17:50

Партиядошимиз М.Юсуповнинг тадбиркорлик фаолияти мактовга сазоар, маколадан куриниб турганидек хозирги замон талабига тугри ва тулиб жавоб берадиган йирик лойихани амалга оширган тадбиркорларимиздан. Келгуси ишларингизда омад тилаймиз.


Fikringizni qoldiring

+