Joriy yilda Namanganda 1900 nafardan ortiq xotin-qiz ishli bo‘ldi
07.09.2019, 18:09

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida “Mustaqillik – ayollar tadbirkorligiga mustahkam yo‘l” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Unda partiya viloyat Kengashi, viloyat hokimligi va xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, mahalliy kengash deputatlari, tajribali tadbirkorlar hamda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlar qatnashdi.
Tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi, Soliq va soliqqa tortish inspeksiyasi mas’ul xodimlari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan qonunlar mazmun-mohiyati, biznesni yuritish yo‘l-yo‘riqlari, tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, soliq qonunchiligi va imtiyozlari haqida kengroq ma’lumotlar berildi.
“Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish borasida partiya bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz, – deydi Uchqo‘rg‘on tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Madrahimova. – Bu jarayonda asosiy e’tiborni ayollarni tadbirkorlikka jalb qilishga qaratyapmiz. Ayni shu maqsadda xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash fondi” resursidan 2019 yil uchun 600 mln mablag‘ ajratildi”.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu mablag‘lar ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun sarf etilgan. Shuningdek, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida salmoqli natijalarga erishilib, buning natijasida 1900 nafardan ortiq ayollar doimiy ish joyiga ega bo‘lgan.
Tadbir so‘nggida partiya dasturiy g‘oyalarini targ‘ib etishda faol ishtirok etgan lider ayollarga O‘zLiDePning esdalik va tashakkurnomalari topshirildi.
Yulduz YULDASHEVA,
O‘zLiDeP Namangan
viloyat Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat va rag‘batlar
21.01.2021, 10:18
-
Konstitutsiya – farovon hayotimiz va taraqqiyotning asosiy poydevori
09.12.2020, 10:28
-
Davlat xaridlari bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi
02.12.2020, 16:29
-
Qoraqalpoq xalqi hayotining real yaxshilanishiga erishish – asosiy maqsadimiz
12.11.2020, 09:20
-
Yashirin iqtisodiyot: unga qarshi kurashishda asosiy kuch biznes va jamoatchilikdir
04.11.2020, 10:33
Fikringizni qoldiring