Joriy yilda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda 2 milliondan ortiq yoshlar ilk marotaba ishtirok etadi

08.09.2019, 10:58

Joriy yilda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda 2 milliondan ortiq yoshlar ilk marotaba ishtirok etadi

Bu haqda O‘zLiDeP Cirdaryo viloyat Kengashi tomonidan Xovos tumanidagi “Gulbahor” qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida “Mening saylovdagi ilk ishtirokim” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida ma’lum qilindi.

Tegishli soha vakillari, mahalliy kengash deputatlari, partiya viloyat, tuman Kengashi xodimlari hamda kollej bitiruvchilari ishtirok etgan tadbirda joriy yilda mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlariga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rishda yoshlarning ishtiroki masalasi muhokama qilindi.

“Markaziy saylov komissiyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yurtimiz aholisining 17 milliondan ziyodini tashkil etuvchi yoshlardan 2 milliondan ortig‘i joriy yilda bo‘ladigan saylovlarda birinchi marotaba ishtirok etadi, – deydi partiya Xovos tuman Kengashi apparat rahbari B.Uralov. –18 yoshga to‘lgan yigit-qiz jamiyatda o‘z o‘rni, fikr bildirish, ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida, saylov qonunchiligini yoshlar ongiga singdirish borasida targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishimizni taqozo etadi. Avvalo har birimiz farzandlarimizda bolalikdan siyosiy ong, siyosiy madaniyatni shakllantirishga e’tibor qaratishimiz lozim. Toki ular siyosiy maydonga tafakkuri, bilim darajasi yuqori, ongli inson bo‘lib kirib kelsin”.

“Bu yil saylovlarda ilk bor ishtirok etaman, – deydi kollej bitiruvchisi Mahliyo Aliyeva. – Davra suhbatida men bilishim lozim bo‘lgan ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Tadbir yoshlar uchun har tomonlama foydali va mazmunli bo‘ldi”.

Tadbir so‘nggida saylov jarayonlarida har bir partiya tashkiloti faolligini yanada oshirish, bunda partiyaning barcha darajadagi bo‘g‘inlari, shu jumladan, tuman, shahar kengashlarining mas’uliyatini kuchaytirish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.

Dilorom ESONOVA,

O‘zLiDeP Sirdaryo

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    975
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Atham2019-10-29 17:35:16

Maqolani boshidan o'qib chiqing xatoliklar juda ko'p.


Fikringizni qoldiring

+