O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi saylovchilar bilan uchrashdi

17.09.2019, 17:45

O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi saylovchilar  bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Z.Xaniyazov xalq bilan muloqot qilish, ularni o‘ylantirayotgan muammolarga yechim topish maqsadida Qo‘ng‘irot tumaniga bordi.     

Xalq vakili dastlab hududdagi 56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdi. Suhbat va muloqotlar davomida o‘quvchi-yoshlar muassasada yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini aytib, Ona vatani, ota-ona va ustozlari ishonchini oqlashga harakat qilishlarini bildirdilar.  

O‘z navbatida, deputat ham bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan qaror va farmonlarning ahamiyati, yangi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumotlar berdi.

Uchrashuvda xalq vakili maktab kutubxonasiga 20ga yaqin jahon adabiyotining durdona asarlarini tuhfa etdi. 

Shundan so‘ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Z.Xaniyazov tumandagi “Ustyurt tekstil” tikuv sexi faoliyati bilan tanishdi, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi, ishchi-xodimlar bilan suhbatlashdi.

 Korxona rahbari G.Bazarbayevaning aytishicha, bugun bu yerda maxsus formalar, turli kiyim-kechaklar buyurtma asosida tayyorlanadi. 30 nafar xotin-qiz tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar esa ichki bozorda xaridorgir.

Suhbat va muloqotlar davomida xalq vakili bu kabi korxonalarni ko‘paytirish, mahsulotni eksport qilish zarurligini ta’kidladi. Tikuvchilar bilan muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini tingladi.

 O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    933
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+