Tadbirkorlarga yanda keng imkoniyatlar berilmoqda

20.12.2017, 12:32

Tadbirkorlarga yanda keng imkoniyatlar berilmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi Parkent tuman Kengashi tomonidan “Xisarak” MFYda “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik farovon hayotimizning muhim tayanchidir” mavzuida davra suhbati tashkil etildi. Unda Parkent tuman Kengashi a’zolari, tuman Kengashi deputatlik guruhi vakillari, BPT raislari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Hammamizga ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan kichik biznes vakillariga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada Parkent tumanida ham aholi bandligini ta’minlash, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish hududiy Dasturi qabul kilingan bo‘lib, ish reja va dasturda ko‘rsatilgan topshiriqlar mutasaddi tashkilotlarga yetkazilib, ularning ijrosi Kengash tomonidan nazoratga olingan.

Aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va raqobatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishdan asosiy maqsad kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada jadallashtirish, yalpi ichki mahsulotni o‘sishiga kichik biznes ulushini yanada ko‘paytirishdan iborat. Joriy yil davomida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 1748 ta ish o‘rinlari tashkil etildi. Bular kichik va mikrofirmalarni tashkil qilish hisobiga 528 ta, yakka tartibdagi tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 960 ta, uy mehnatini tashkil qilish hisobiga 460 ta ishchi o‘rinlari yaratildi. Bundan tashqari faoliyat ko‘rsatmayotgan korxona va tashkilotlarning faoliyatini tiklash xisobiga 2 ta, faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni faoliyatini tiklash hisobiga 27 ta yangi ish o‘rinlari yaratilganligi muhim ahamiyat ega.

– Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda ko‘prok huquqiy maslahatlar va amaliy seminarlar o‘tkazib borish ham o‘z samarasini beradi, – deydi O‘zLiDeP Parkent tuman Kengashi apparat rahbari X.Inobatov. – Tumanda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yangi ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish, yangi ish o‘rinlari tashkil etilishiga erishish lozim.

Mazkur davra suhbati davomida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish va rivojlantirishda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikning o‘rni va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, bugungi tadbirkorlarni  faoliyat tahlili va hukumatimiz tomonidan berilayotgan keng imtiyoz va imkoniyatlarning o‘ziga xosligi ko‘rsatib o‘tildi va bu borada hududlardagi yutuq va kamchiliklar bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarildi.

O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    994
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+