“Sen bizni tanla!” shiori ostida O‘zLiDeP aksiyasi o‘tkazildi

19.09.2019, 14:27

“Sen bizni tanla!” shiori ostida O‘zLiDeP aksiyasi o‘tkazildi

O‘zLiDeP Saylovoldi dasturi loyihasini xalq orasida keng muhokama qilib olish, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va munosib ishtirok etishni tashkil etish maqsadida Namangan viloyatida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Norin tumanida “Sen bizni tanla!” shiori ostida o‘tkazilgan aksiya aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida partiya dasturiy maqsad va vazifalarini keng targ‘ib etishga qaratildi.

- Bugungi tadbirda bu yil o‘tkaziladigan saylovlar oldidan O‘zLiDePning  o‘z oldiga qo‘ygan aniq maqsad va vazifalari haqida keng qamrovli tushunchalarga ega bo‘ldim, – deydi Lolaxon Yakubova. – Partiya saylovoldi dasturi bilan tanishib chiqdim. Dastur xalqchil, aholi uchun tushunarli bo‘lib, eng asosiysi xalq manfaatlariga xizmat qilish bosh g‘oya sifatida belgilab olingani menga juda ma’qul keldi. Shu bilan birga partiya a’zoligiga ham qabul qilindim. Partiya a’zosi sifatida tumanimizda partiya tarafdorlarini sonini yanada ko‘payishiga, bo‘lajak saylovlarda munosib ishtirok etishini ta’minlashga o‘z hissamni qo‘shishni maqsad qildim.

Aksiya davomida 50 dan ortiq aholi vakillari O‘zLiDeP safiga qo‘shilish istagini bildirishdi.

Aksiya yakunida iste’dodli yosh xonandalar tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha zavq bag‘ishlab, tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashdi.

Ibrohim SATTAROV

O‘zLiDeP Namangan

viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    765
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+