“Bor mehrimiz shu xalq, shu Vatan uchun”

19.09.2019, 14:32

“Bor mehrimiz shu xalq, shu Vatan uchun”

Mamlakatimizda har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, ayollarning oila va jamiyatdagi rolini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” tomonidan qator loyihalar amalga oshirib kelinyapti.

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan Guliston va Oqoltin tumanlarida “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida “Bor mehrimiz shu xalq va Vatan uchun” shiori ostida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rik davomida Guliston tumanining ko‘p tarmoqli markaziy poliknikasida Dehqonobod shaharchasida yashovchi fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

“Tibbiy ko‘rikda 18 turdagi tor soha mutaxassislari (terapevt, pediator, nevropatolog, neyroxirurg, gastroenterolog, dermatolog, urolog, onkolog, endokrinolog, ofatl’molog, kardiolog, infeksionist va UTT shifokorlari ishtirok etishdi,  – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Sabohat Babayeva. –Ko‘rikning birinchi kunida 4782 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha ularga shifokorlar tomonidan kerakli tavsiyalar berildi”.

Shifokorlar tomonidan bemorlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilish, jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, viloyatning chekka hududi  Oqoltin tumanida ham “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida respublikadan tashrif buyurgan shifokorlar ishtirokida tibbiy ko‘riklar tashkil qilindi.

Unda “Andijon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Andijon”  QVPda Usmon Nosir, “Bo‘ston” MFY hududida yashovchi aholilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

“O‘tkazilayotgan tibbiy ko‘riklar jarayonida aholi o‘rtasida yurak-ishemik, oshqozon-ichak, nevrologiya, ko‘z hamda onkologik, buyrak xastaligiga chalingan bemorlar borligi aniqlandi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori G‘ofur Abdurayimov. –Undan tashqari shifokorlar tomonidan qandli diabet xastalini aniqlash maqsadida 40 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida “Ekspress test”lar tashkil qilinyapti. Bu kasallikni erta aniqlash va uning oldini olishda juda katta ahamiyatga ega”.

Ta’kidlash kerak, bu kabi tibbiy ko‘riklar tumanning “Ahillik” va “Shodlik” mahallalarida ham o‘tkaziladi.

                                           Dilorom ESONOVA,

O‘zLiDeP Cirdaryo viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    991
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+