Mening ovozim – Vatanim kelajagi

21.09.2019, 11:51

Mening ovozim – Vatanim kelajagi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Andijon shahridagi Yoshlar Markazida “Mening ovozim – Vatanim kelajagi ” mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.

Unda partiya viloyat Kengashi vakillari, 400 dan ortiq ilk marotaba saylovlarda ishtirok etadigan faol va tashabbuskor yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari  qatnashdi.

Tadbirda O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Tohirjon Tolipov so‘z olib, yoshlarni partiya saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi, saylov jarayoni, deputatlar faoliyati haqida ishtirokchilarga kengroq ma’lumotlar berdi.

Savol-javoblarga boy bo‘lgan tadbirda ko‘pchilik yoshlar tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolarni o‘rtaga tashlashdi. Mutasaddilar yoshlar tadbirkorligidagi muammolarni bartaraf etishga  va’da berdilar.

«Bugungi tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda saylov va saylovoldi madaniyatni yuksaltirishdan iborat. Kelajakda shu yoshlarimiz ham deputatlik saylovlarida da’vogarlik qiladi. Shu bo‘is hozirdanoq ularni siyosiy muhitga tayyorlab borishimiz kerak», – deydi O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Elyorbek Avulov.

Tadbir so‘nggida eng faol yoshlarga partiya viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Maftuna JALOLDINOVA,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    152
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+