O‘zLiDeP deputati jamoat transportini xususiy sektorga topshirish taklifi bilan chiqdi

21.09.2019, 12:14

O‘zLiDeP deputati jamoat transportini xususiy sektorga topshirish taklifi bilan chiqdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev o‘zining telegramdagi kanalidaa jamoat transportlarini xususiy sektorga topshirish kerakligi borasida taklif bilan chiqqan.

“Transport tashkilotlarining moliyaviy qarzdorligini davlat budjetidan qoplash hozirgi iqtisodiyotimizning o‘zini oqlamaydigan "boqimanda" boshqaruv instrumentlaridan biri bo‘lsa kerak. Bu turishda jamoat transporti narxini oshirish masalasi qayta-qayta qo‘yilishi va buni davlatning qo‘li bilan amalga oshirilishi tabiyki odamlarda e’tiroz paydo qiladi: qara bozor sharoiti emas, davlat o‘zi oshirayapti, degandek.

Shuning uchun bu sohani to‘liq xususiy sektorga topshirish va bunda davlat ishtirokini soliqlarning o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash bilan cheklash zarur. Real raqobat muhiti talab va taklifga asosan narxni belgilashi kerak. Aslida budjetga pul keltirish lozim bo‘lgan soha aksincha budjetdan pul olaversa, bu turishda rivojlanish, raqobat, sifat bo‘ladimi?

O‘zLiDeP saylovoldi platformasi doirasida mazkur masalaga alohida yondoshishi va jamoat transportlari orqali xizmat ko‘rsatish sohasini to‘liq xususiy sektorga o‘tkazishga erishishi kerak. Ishonamanki, bu o‘zini oqlaydigan tizim.”,  deb yozadi Rasul Kusherbayev.

  • Ko'rildi
    862
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+