Quyi bo‘g‘inlarning saylovga tayyorgarligi tahlil qilinmoqda

07.10.2019, 10:56

Quyi bo‘g‘inlarning saylovga tayyorgarligi tahlil qilinmoqda

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida saylovoldi hisobot konferensiyalari o‘tkazilmoqda. Yangiqo‘rg‘on tumanida ham ushbu jarayonga qizg‘in kirishildi.

Partiyaning  tuman Kengashi tasarrufida ayni paytda 101 nafar boshlang‘ich partiya tashkiloti bo‘lib, ularning saylovdan saylovgacha bo‘lgan faoliyatlari tahlil qilinmoqda.   

Xususan,  O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashi, tuman elektr tarmoqlari korxonasi,  tuman pochta-aloqa bo‘limi va “Uztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining Yangiqo‘rg‘on tumangaz uchastkasi, Sutlibuloq MFY, tuman yer-mulk kadastr xizmati davlat korxonasi, “Suvoqava” davlat unitar korxonasi tuman filiali kabi tashkilot va muassasalar qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida bo‘lib o‘tgan konferensiyalarda quyi bo‘g‘inlar faoliyatini jonlantirish yuzasidan mulohazalar bildirildi.

Hozirgacha partiyaning tuman Kengashi tasarrufidagi qirqqa yaqin BPTlarda hisobot konferensiyalari bo‘lib o‘tdi. Quyi bo‘g‘in yig‘ishlarida partiya tuman Kengashining konferensiyasiga delegatlar saylanmoqda.                         

 - Bu yil davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlar o‘tishini nazarda tutsak,  partiyamizning saylovda muvaffaqiyat qozonishi ko‘p jihatdan boshlang‘ich partiya tashkilotlari faolligiga ham bog‘liq. Shunday ekan, mahallamiz qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotimiz faoliyatini faolligini oshirishimiz, partiyaviy targ‘ibotni kuchaytirishimiz lozim, - deydi Yangiqo‘rg‘on  tuman Sutlibuloq MFY qoshidagi BPT rahbari Lutfullo Cho‘tboyev. Ta’kidlash o‘rinliki, partiyamizning mazkur boshlang‘ich tashkiloti faolligi bilan ajralib turadi. Boshlang‘ich partiya tashkilotiga  jamlangan a’zolar soni saylovdan saylovgacha bo‘lgan muddatda ikki barobarga ko‘paydi. Hozirda BPT o‘z safiga 35 nafar partiya a’zolarini jamlagan.

O`zLiDeP  Yangiqo‘rg‘on tuman Kengashida faoliyat yuritayotgan 101 ta quyi bo‘g‘inlarning hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi, tuman kengashi konferensiyasiga delegatlar saylandi.

  Erkin AHMYEHODJAYEV,

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

BPT bilan ishlash guruh rahbari

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1004
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+