Siyosiy jarayonlarda xotin-qizlar ham faol ishtirok etmoqda

07.10.2019, 16:37

Siyosiy jarayonlarda xotin-qizlar ham faol ishtirok etmoqda

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda partiya fraksiyasi a’zolari, xalq deputatlari tuman,  shahar Kengashlaridagi partiya guruhi vakillari, partiya faollari bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etdi.

Seminarda asosiy e’tibor saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan targ‘ibot guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda saylovoldi tashviqot guruhlarining vazifalari va saylovga oid targ‘ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish masalalariga qaratildi.

Seminarda bu yilgi saylovlarda xotin-qizlar orasidan 40 foizgacha nomzodlarni ko‘rsatish, ularning siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi turmush farovonligini ta’minlashga qaratilgan aniq dasturlar bilan xalq orasiga kirib borish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Mavzuga oid turli slaydlar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar seminarni xalqchil, qiziqarli o‘tishini ta’minladi.

- Seminarda ilgari surilgan fikrlar, nafaqat, targ‘ibot jarayonida, balki hayot yo‘limizda ham kerak bo‘ladi. Bugungi seminarda saylovlarda partiya g‘oyalarini targ‘ib qilish, xalq bilan ishlash, ular bilan bemalol suhbatga kirisha olish va partiya g‘oyalarini singdira olish borasida tushunchalarga ega bo‘ldim, – deydi partiya Bo‘ston tuman Kengashi ijrochi kotibi Tavakkaloy Oripova.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar va jurnalistlar tomonidan yo‘llangan savollarga tadbir tashkilotchilari tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

Maftuna Jalodinova,

O`zLiDeP Andijon

viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    148
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+