Toshkent ko‘chalaridan eshitilayotgan chaqiriq: “O‘zLiDeP nomzodlariga ovoz bering”

21.12.2017, 14:50

Toshkent ko‘chalaridan eshitilayotgan chaqiriq: “O‘zLiDeP nomzodlariga ovoz bering”

Hammamizga yaxshi ma’lum yakshanba kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi ham ana shu saylovlar ishtirok etadi. Ayni daqiqalarda partiyamizning bir guruh faol a’zolari poytaxtimiz ko‘chalarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda.

Targ‘ibotchilar partiyamiz bayrog‘i va shiorlari yozilgan bannerlarni poytaxtimizning barcha ko‘chalari va mahallalaridan olib o‘tishyapti. Ovoz kuchaytirgich orqali “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering”, degan shior poytaxtimizning har bir burchagida eshitilib turibdi.

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
Saylov 2017
  • Ko'rildi
    2501
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+