Bilim olish – konstitutsiyaviy huquqimizdir
22.12.2017, 17:35

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Bekobod shahridagi “Yoshlar markazi”ida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati”, mavzusida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Unda O‘zLiDeP Toshkent viloyati va Bekobod shahar Kengashi xodimlari, deputatlar, partiya faollari, BPT a’zolari va Toshkent shahridagi “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi vakillari, o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini keng muhokama etildi.
– Bilim olish insonni yetuklik sari yetaklaydi, inson ma’naviyatini shakllantiradi, – deydi “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi xodimi, shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh. – Bosh qomusimizning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan. Demak, bizning yetuk bo‘lishimiz, ajdodlar merosini saqlashimiz hamda chuqur bilimlarga ega bo‘lishimiz Bosh qomusimizda kafolatlab qo‘yilgan.
Tadbir so‘nggida yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, ularda mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ayniqsa, ta’lim muassasalari, mahalla, har bir oilada kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
A.TUYChIYEV
O‘zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi
Matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook’dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlar huquq va manfaatlari himoyasininig milliy, mintaqaviy va global strategiyasiga bag‘ishlangan yoshlar anjumani o‘tkazildi
16.10.2020, 16:48
-
O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning Respublika konferensiyasiga Toshkent shahridan delegatlar saylandi
13.10.2020, 17:45
-
Samarqandda O`zLiDeP “Yoshlar qanoti”ning faoliyati sarhisob qilindi
12.10.2020, 16:31
-
O'zLiDeP "Yoshlar qanoti"ning Konferensiyasida munosib delegatlar saylandi
12.10.2020, 15:36
-
Shijoatli O‘zLiDeP faoli konferensiya delegatligidan nega chiqarildi?
08.10.2020, 18:12
Fikringizni qoldiring