Tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor – kuchimizga kuch qo‘shadi

22.12.2017, 19:20

Tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor – kuchimizga kuch qo‘shadi

Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishini barchamiz nihoyatda kuchli hayojon bilan tingladik. Yurtboshimiz o‘z ma’ruzalarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi yutuqlarimizni e’tirof etgan holda, ayrim muammo va kamchiliklarimizni juda oddiy qilib tushuntirib berdilar. Ma’ruzani eshitib, faoliyatimizga butunlay boshqacha ko‘z bilan qarashimiz kerakligini, uni tubdan o‘zgartirishimiz fursati yetib kelganligini anglab yetdik.

Prezidentimiz mazkur yig‘ilishda yangi – 2018 yilga yurtimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berilishi biz tadbirkorlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. “Yangi fikr, g‘oya, innovatsiya bo‘lmasa, yutqazamiz, buni har hokim bilib olishi kerak”,- deya ta’kidladi yurtboshimiz.

Ayniqsa, muhtaram Prezidentimizning “Tekshirishlar o‘tkazishga ruxsat berishning maxsus elektron axborot tizimiga o‘tish va uning nazoratini Bosh prokuraturaga yuklash hamda barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni 2 yil muddatga to‘xtatish to‘g‘risidagi” takliflari barchamizga birdek manzur bo‘ldi.

Prezidentimizning bildirgan taklif va ko‘rsatmalari biz  tadbirkorlarni mamlakatimizning ravnaqi yo‘lida hormay tolmay ishlashimizga madadkor bo‘ladi. Biz tadbirkorlarni doimo qo‘llab-quvvatlayotganliklari hamda keng imkoniyatlar yaratib berayotganliklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Orif KARIMOV,

“Muhabbat bog‘i” xususiy korxonasi rahbari,

Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashidagi

O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2063
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+