Biz uchun uzoq kutilgan damlar keldi

22.12.2017, 19:26

Biz uchun uzoq kutilgan damlar keldi

O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentimiz parlamentga Murojaatnoma taqdim qildi. Yurboshimizning fikrlari nafaqat parlament a’zolarini, balki biz tadbirkorlarni ham to‘lqinlantirib yubordi.

Murojaatnomada belgilangan vazifalar, ilgari surilgan g‘oyalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami shu qadar oddiy va sodda qilib halqa yetkazib berildiki, bu vazifalarni amalga oshirishda, har bir O‘zbekiston fuqarosi – mas’ul lavozim egasidan, to uy bekasigacha, o‘z vazifasini sidqi dildan ado etsa davlatimiz gullab yashnashiga hissa qo‘shgan bo‘lar edi. 

Muhtaram Yurtboshimizning parlamentga murojaatnomasi biz tadbirkorlarda hech qachon so‘nmaydigan ulkan bir umid va g‘ayrat uyg‘otdi. Murojaatnomada tadbirkorlik sub’ektlarida ikki yil hech qanday moliyaviy tekshiruvlar o‘tkazilmasligi, ular ustidan imkon qadar jinoiy ish ochmaslik, yangi qurilish yoki ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan tadbirkorlar korxona ish boshlagunga qadar yagona soliq to‘lovidan ozod etilishi kabi imkoniyatlarning berilishi kishini beixtiyor tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga undaydi.

Yangi 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi men uchun ayni muddao bo‘ldi. Chunki, korxonamiz 2017-2018 yil hududlarni rivojlantirish ijtimoiy-iqtisodiy dasturi doirisida Shovot tumanida charm poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqaradigan sex qurib, yiliga 200 ming juft oyoq kiyim ishlab chiqarib, qo‘shimcha 80 ish o‘rni yaratishni maqsad qilganmiz. Prezidentimizni bizga qaratayotgan yuksak e’tiborini qadrlagan holda oldimizga rejalarimizni o‘z vaqtida bajarib, bizga bildirayotgan ishonchlarini albatta oqlashga va’da beramiz.

 Sultonboy Ochilov

“Shoxjaxon Shahnoza” oilaviy korxonasi rahbari,

O‘zLiDeP faoli

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1280
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+