Hududlarlarda uyushmagan yoshlar muammolari o‘rganilmoqda

24.12.2017, 13:24

Hududlarlarda uyushmagan yoshlar muammolari o‘rganilmoqda

O`zLiDeP Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan joylarda Yoshlarning muammolarini o‘rganish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha o‘kazilayotgan amaliy muloqot forumlari va  seminar-treninglar o‘z samarasini bermoqda.

“Yosh mulkdor-yurt tayanchi” hamda “Diplom bilan biznesga” loyihalari asosida bugungi kunga kelib viloyatimizdagi  uyushmagan yoshlardan 159 nafari tijorat banklaridan jami 1 mlrd 194 mln 525 ming so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar olishib, tadbirkorlik faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishgan. Kasb-hunar kolleji bitiruvchi yoshlaridan  116 nafari tijorat banklaridan jami 566 mln 793 ming so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar olishib, o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashgan.

Endigi ana shunday tadbirlardan biri viloyatimizning boshqa hududlari kabi Sherobod tumanida farzandlari chet elda bo‘lgan ota-onalar va aniq bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan yoshlar va ularning ota-onalari bilan  amaliy  muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda  dastlab, uyushmagan yoshlar va ularning ota-onalari bilan yaqindan suhbat olib borilib, vohamiz yoshlarini qiynayotgan muammolarni birgalikda o‘rganish har tomonlama yechim topishda hamkorlik asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda mavjud muammolarni ijobiy hal etish orqali yoshlarni vatanparvarlik,  ishbilarmonlik ruhida tarbiyalash uchun hamjihatlikda harakat qilish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Muloqot davomida ota-onalar va yoshlar o‘zlarini  qiynayotgan muammolar bo‘yicha murojaat qilishib, yechimi bo‘yicha mutasaddi xodimlar tomonidan kerakli tavsiyalarga ega bo‘lishdi.

Amaliy ruhda o‘tgan ochiq muloqotdan so‘ng 30 nafar ishtirokchilar bilan birga tumandagi o‘z shaxsiy tomarqasida issiqxona tashkil etib xalqimiz dasturxoninining to‘kin-sochinligi yo‘lida xizmat qilayotgan uch nafar tadbirkorlarning faoliyatlari va ularning ish tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.

Murod EShNAZAROV

Surxondaryo viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2615
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+