Tomorqa – tuganmas xazina

24.12.2017, 13:53

Tomorqa – tuganmas xazina

Dilbarxon Shodmonova Jalaquduq tumanining Qorayontoq mahallasida istiqomat qiladi. 30 sotixdan iborat tomorqasidagi pomidor, bodringdan bo‘shagan yerda sarimsoqpiyoz yetishtirmoqda. Daromadidan oila ehtiyojidan ortib, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘yga ham ulashmoqda.

-Tomorqachilikning hadisini olganimizdan buyon oila a’zolarimiz bilan qo‘shimcha daromad topayapmiz, - deydi qo‘shni xonadon sohibasi Oydinoy Patidinova. – O‘g‘lim bir necha yillardan beri xorijda ishlardi. O‘tgan yili uyga qaytdiyu, o‘sha daromadni tomorqachilikdan topa boshladi. 10 sotix tomorqamizning 4 sotixida limonariya tashkil qildik. Qolgan yerga pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri ekib, hosilidan 4-5 million so‘m daromad qilganimizda, o‘g‘limning endi xorijga borish fikri o‘zgardi. Hozir qayta ekin sifatida ko‘katlar yetishtiryapmiz.

Prezidentimizning qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanada so‘zlagan ma’ruzasida hamda partiyaning “O‘zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Jalaquduq tumanidagi Qorayontoq mahallasi xonadonlarida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda tomorqachilik ortidan baraka topayotgan aholi vakillarining mamnuniyatlariga guvoh bo‘ldik. Bu borada partiyaning Andijon viloyat Kengashi BPTlar bilan ishlash guruhi yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini kengaytirib borayotganini alohida ta’kidlash kerak. Loyiha o‘zida tomorqaning tuganmas xazina ekanligi ifoda etibgina qolmay, aholiga undan foydalanish sirlarini, ekin turini to‘g‘ri tanlash bilan yer unumdorligini oshira olish qobiliyatlarini, asosiysi, tomorqa daromadini oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

 Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2351
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+