O‘zLiDePda yoshlar kuni o‘z samarasini bermoqda

24.12.2017, 13:59

O‘zLiDePda yoshlar kuni o‘z samarasini bermoqda

Yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olish, talaba va o‘quvchi yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, vatanparvarlik hissini kuchaytirish maqsadida xaftaning juma kuni “O‘zLiDePda yoshlar kuni” loyihasi tashkil etilmoqda.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan tashkil qilingan “O‘zLiDePda yoshlar kuni” loyihasi bu safar Marg‘ilon shahri yoshlari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar Partiyaning viloyat Kengashining va bo‘limlar faoliyati, loyihalar va tadbirlar bilan yaqindan tanishishdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida 2 nafar yoshlarga partiyaga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    918
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+