Prezidentimizning ma’ruzasi sohada tahsil olayotgan yoshlarni izlanishga undaydi

24.12.2017, 14:27

Prezidentimizning ma’ruzasi sohada tahsil olayotgan yoshlarni izlanishga undaydi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda Samarqand qishloq xo‘jalik insitutiti bilan hamkorlikda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi "Rizq-ro‘zimiz bunyodkori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi xodimlari mehnatini ulug‘lash, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish – asosiy vazifamizdir" mavzuidagi ma’ruzasini o‘rganishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda qayd etilganidek, bugun mamlakatimizda fermerlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik har qachongidan yuqori. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida yanada yaqqol ifodasini topdi.

Ma’ruzada Prezidentimiz, sohada erishilgan natijalar bilan birga ishga solinmagan imkoniyatlar, o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklarga ham e’tibor qaratdi.

Endilikda yerdan unumli foydalanish, soha taraqqiyoti bundan keyin yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini rivojlantirish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish, yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish, mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun bor imkoniyatlarini ishga solish, yoshlarni ish bilan ta’minlash kabi ko‘plab vazifalarni qo‘ydi.

Shuningdek, meva-sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, sifatli tarzda aholiga yetkazish, imkon qadar ko‘proq qayta ishlash va eksport qilish ishlarini yanada jadallashtirish, tomorqadan unumli foydalashish, issiqxonalar barpo qilish, yong‘oq, unabi va boshqa ko‘chatlar yetishtirishni tashkil etish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. 

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ilm-fan hayot talablaridan orqada qolayotgani jiddiy muammolardan biridir. Shu munosabat bilan Prezidentimiz Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga qarashli ilmiy-tadqiqot institutlarining agrar fan va seleksiyani rivojlantirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etish, har bir hududda tuproq va iqlim sharoitiga mos ekin navlarini yaratish va joylashtirish borasidagi o‘rni va rolini keskin oshirish lozimligini qayd etdi.

Shu bilan birga, sohadagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim darajasini oshirish uchun dasturini 2019 yil oxiriga qadar yakunlash, sohaga ilmiy kadrlar tayyorlash, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy muassasalarni zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlash, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy dasturlarni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1559
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+