Internetdan foydalanish madaniyati

25.12.2017, 14:49

Internetdan foydalanish madaniyati

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi saylovoldi Dasturida yoshlarni milliy g‘oyaga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ularni siyosiy ongini yanada yuksaltirish, yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ularning ishtirokini kengaytirishga ustuvor vazifa sifatida qaraladi.

O‘zLiDeP Piskent tuman Kengashi tomonidan Sanoat iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejida “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida “Internetdan foydalanish madaniyati” mavzusidaga davra suhbatida ana shular haqida so‘z bordi. Davra suhbatida O‘zLiDeP tuman Kengashi xodimlari, partiya faollari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, kollej o‘quvchilari va “Yoshlar qanoti” a’zolari ishtirok etishdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, internet hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Yer yuzida 1,5 milliard kishi internetdan foydalanayotgan bo‘lsa, O‘zbekistonda 10 millionga yaqin yurtdoshimiz internetning faol foydalanuvchisidir. Internet, ayniqsa, yoshlar ongi va dunyoqarashiga kuchli ta’sir o‘tkazmoqda. Shu sababli ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni internetdagi axborotni to‘g‘ri idrok etishga, mushohada qilishga o‘rgatish zarurati paydo bo‘lmoqda.

– Global tarmoqdagi ayrim axborotlar jamiyatimiz taraqqiyotiga va milliy qadriyatlarimizga tahdid solmoqda, – deydi Xalq deputatlari tuman kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi D.Rashidova. – Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajavvuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatini o‘ziga bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uning eng katta boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi.

Tadbirda internetdan foydalanish bo‘yicha soha mutaxasislari, psixologlar hamda partiyamiz faollarining taklif-tavsiyalari tinglandi

A.TUYChIYEV,

O‘zLiDeP Toshkent viloyati

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1794
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+