Yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash – barchamizning vazifamiz

25.12.2017, 17:09

Yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash – barchamizning vazifamiz

– Prezidentimizning har bir ma’ruzasini e’tibor bilan tinglab boraman: Shunga aminmanki, davlatimiz rahbari yoshlar va ularning muammolariga, iqtidori va intilishlariga hech qachon be’etibor qaramaganlar. 22 dekabrdagi murojaatnomada ham iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini ro‘yobga chiqarish, o‘ylab yurgan innovatsion g‘oya va fikrlarini amalga oshirish borasida ham alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Murojaatnomada xorijdagi tengdoshlarimiz bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo‘lishimiz, ular bilan tajriba almashishimiz lozimligini ta’kidladilar. Shu maqsadda O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish, kirib kelayotgan yangi yilda Markaziy Osiyo yoshlari forumini o‘tkazish kabi takliflarni bildirdilar. Darhaqiqat, jonajon yurtimiz aholisining yarmidan ko‘pini aynan 32 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qilsa-da, ularning bir milliondan ko‘prog‘i turli xil chet davlatlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ular ham yurtimizdagi o‘zgarishlardan xabardor ekanliklarini, bundan faqatgina xursand bo‘layotganliklarini anglashimiz qiyin emas. Ayni damda xorijda yurib, turli xil ekstremistik guruhlar, millatchi oqimlarga qo‘shilib ketgan tengdoshlarimizni ham bu yo‘ldan qaytarish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki barchamizning vazifamiz ekanligini unutmasligimiz lozim.

Jo‘rabek ASLONOV,

O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1530
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+