Prezidentimizning Murojaatnomasi – yoshlar uchun tom ma’nodagi dasturilamaldir

25.12.2017, 17:13

Prezidentimizning Murojaatnomasi – yoshlar uchun tom ma’nodagi dasturilamaldir

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar, jamoat transportlari, mahalla-ko‘y, ishxona yohud jamiyatimizning barcha qatlam va bo‘g‘inlarida asosan bir mavzu – Prezidentimizning  birinchi marta mamlakatimiz parlamenti – Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda unga bildirilayotgan to‘xtovsiz, jo‘shqin munosabat va fikr-mulohazalarni ko‘rayapmiz, kuzatayapmiz, eshitayapmiz.

Nafaqat o‘zbek xalqining, balki butun dunyohamjamiyatining e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘lgan mazkur tarixiy Murojaatnoma hali-hanuzga qadar meni kuchli hayajonda ushlab turibdi. Bu hayajon, bu boy taassurot va kuchli ruhiy madad kelgusi yil oxiriga qadar menga hamroh bo‘lishiga, meni tark etmasligiga ishonchim komil. Chunki bu biz – yoshlar uchun dasturilamaldir.

Haqiqatan, 2017 yilda olamshumul ishlar amalga oshirildi. Vatanimiz tarixida, uning porloq taraqqiyotida yangi sahifa ochildi, yangi davrga qadam tashlandi. Xususan, yoshlar masalasi, ularning baxtu iqboli va taqdiri davlatimiz uchun ustuvor yo‘nalish ekani shunchaki gap-so‘zlarda yangramadi yohud bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topmadi, aksincha, amalga oshirilgan ishlar, hayotga tatbiq etilgan samarali loyihalar va izchil chora-tadbirlarda yana bir karra o‘z isbotini topdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z Murojjatnomasida yangi – 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb nom berishni taklif etgani partiyamiz, qolaversa, biz – yoshlar uchun katta mas’uliyat yuklaydi. Nega deganda, faol tadbirkorlik bugungi zamon tili bilan aytganda, tadbirkorlik faoliyatining yangi, zamonaviy va innovatsion yondashuv asosida tashkil etilishi va yuritilishdir. Odatda, yangi fikr, yangi g‘oya va innovatsion yechimlarga ko‘proq yoshlar moyil bo‘lishadi. Shu ma’noda, yangi yilda biz yosh tadbirkorlarni yanada qo‘llab-quvvatlashimiz va ularga barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishimiz maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, Yurtboshimiz o‘z nutqida “...Qancha-qancha o‘zbek yigitlari, o‘zbek qizlari bugun chet ellardagi yirik kompaniya va banklarda, nufuzli universitetlar, xalqaro tashkilotlarda katta-katta lavozimlarda xizmat qilmoqda” deya ta’kidladi. Haqiqatan, ko‘plab yoshlarimiz xorijda ta’lim olmoqda, mehnat qilmoqda. Ularning orasida o‘z yo‘lini topib, begona yurtda hech kimdan kam bo‘lmay yashayotganlari ham ko‘p. Ammo Ona yurt, Vatanni har qanday odam qumsaydi, talpinadi. Shu bois biz – yoshlar, partiyamizning “Yoshlar qanoti” faollari bugundan e’tiboran, xorijda o‘qiyotgan va ishlayotgan yoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning orasidan yurtimizga qaytish istagida bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘limizdan kelganini qilamiz, bor bilim va g‘ayratimizni ishga solamiz.

Azizbek NOROV,

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyati Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi

Yoshlar muammolarini o‘rganish va

istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tinglovchisi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1703
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+