Bosh maqsadimiz yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol tarbiyalash

25.12.2017, 17:20

Bosh maqsadimiz yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol tarbiyalash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasida yoshlar masalasiga alohida urg‘u berdi.

Ushbu murajaatnomada yoshlar haqida keltirilgan maqtovlar va biz yoshlarga bo‘lgan ishonch kuchimizga-kuch hamda g‘ayratimizga- g‘ayrat qo‘shdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Murojaatnomada yoshlarni sog‘lom va barkamol tarbiyalash borasida belgilangan chora-tadbirlar, xususan, Nukus shahrida Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi, Urganchda “Yoshlik” sport majmuasi, Toshkent, Andijon, Samarqand, Buxoro shaharlarida universal sport komplekslari, Qarshi shahrida sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, ko‘p tarmoqli yopiq suzish havzasi barpo etilishi kelgusida sport sohasida ko‘plab yoshlarimizni yurtimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishga zamin yaratishi shubhasiz.

Chetda ishlayotgan va tahsil olayotgan yoshlar borasida Yurtboshimiz tomonidan berilgan takliflar O‘zbekiston yoshlari xalqaro assotsiatsiyasini tuzish va uning samarali faoliyat yuritishi uchun tegishli sharoit yaratish, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari forumini o‘tkazish hamda chet ellarda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz bilan o‘zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish kabilar, o‘ylaymanki xorijdagi yurtdoshlarimiz bo‘lmish yoshlarni vatanparvarlik tuyg‘usini saqlab qolish bilan bir qatorda tajriba almashish maydonini xosil qilishda poydevor vazifasini o‘taydi.

Shuningdek, yosh tadbirkorlar uchun 2018 yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi  ayni muddao bo‘ldi. Murojaatnomada kelasi yildan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona ko‘rigida xavf-xatardan ogoh etish tizimi, ya’ni, tadbirkorlar qanchalik halol ekaniga qarab, ularni “yashil” va “qizil” yo‘laklar orqali o‘tkazish joriy etilishi, barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish ikki yilga to‘xtatilishi, internet tarmog‘ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibi o‘rnatilib, 2018 yildan elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo‘yicha elektron tizim tashkil etilishi va shu kabi bir qator imtiyozlar berilgani tadbirkorlar, ayniqsa yosh va yangi innavatsion g‘oyalar bilan o‘zining mustaqil tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarimiz uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochdi.

Fikrim xulosasi o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, ushbu murojaatnoma barcha soha vakillarini va har bir yurtimiz fuqarosini ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirish bilan bir qatorda, tadbirkorlik sohasiga havasini uyg‘otib, hayotda biror yutuqqa erishish uchun harakat qilish hamda mehnat qilish vaqti kelganini ayon etdi.

Zebiniso Saparova,

O`zLiDeP Curxondaryo viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    8058
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+