Biz yosh tadbirkorlar – Prezidentimiz ishonchini albatta oqlaymiz!

25.12.2017, 17:19

Biz yosh tadbirkorlar – Prezidentimiz ishonchini albatta oqlaymiz!

Muhtaram Prezidentimizning Parlamentga qilgan Murojaatlarini tinglar ekanman, bir vaqtlar men uchun orzu bo‘lgan innavsionli biznes rejamni amalga oshirish fursati yetganini angladim. Endilikda, eskicha uslubda ishlashdan vos kechib, zamonaviy texnologiyalar asosida aholiga xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va yoshi ulug‘ tadbirkorlarga o‘rnak bo‘lish biz yosh tadbirkorlarning asosiy maqsadimizga aylanishi zarur.

Prezidentimiz mazkur yig‘ilishda yangi – 2018 yilga yurtimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berilishining o‘ziyoq kelgusi yilda O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanish aql bovar qilmas darajada o‘sishiga ishonchim komil. Bu komillik va rivojlanishda men istiqlol farzandi sifatida o‘zimning yangi innavatsion g‘oya va maqsadlarim bilan xissa qo‘shish oliy istagimdir.

Hozirgi kunda “Hend in hend” nomli xususiy korxonada faoliyat olib bormoqdaman hamda 3 ta kollej bitiruvchilarini ish bilan bandligini ta’minlaganman. 2018 yilda ish faoliyatimni kengaytirish bilan bir qatorda yangi sohalarda ham o‘zimni sinab ko‘rmoqchiman. Xususan, yeryong‘oq mahsulotini yetishtirish hamda ekportbop mahsulot sifatida qadoqlanishni yo‘lga qo‘yish va sotuvini amalga oshirish bo‘yicha biznes reja ishlab chiqqanman. Kollej bitiruvchilarini bir qanchasini ish bilan ta’minlash istagim bor.

Ikki yil davomida barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishning to‘xtatilishi ham biz tadbirkorlarga bildirilgan ishonch deb o‘ylayman.

Muhimi harakat, mehnat va kelajakka ishonchni ko‘rgan tadbirkor zamoni keldi.

Bekzod Eshmatov,

O`zLiDeP Curxondaryo viloyat Kengashi “Yosh liberallar” klubi tarkibidagi “Kelajak deputatlari”

guruhi a’zosi,

yosh tadbirkor

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2001
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+