Milliy g‘urur va iftixorimiz timsoli
14.01.2020, 16:26
Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanmoqda.
Ushbu sana munosabati bilan “Farg‘ona xalqaro aeroporti” MChJda “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
“Yurtimizda bayramlar, tarixiy sanalar ko‘p. Ammo yurt tinchligi, osmonimiz musaffoligi, davlatimiz chegaralarining daxlsizligini ta’minlovchi qudratli kuch – Vatan himoyachilari kuni bayramining alohida qadr-qimmati, ahamiyati bor. Shu sababli ushbu sana munosabati bilan joylarda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli sport musobaqalari o‘tkazib kelyapmiz. Maqsad bitta, Vatan — muqaddas, uni himoya qilish har bir yigit-qizning sharafli burchi ekanligi yoshlarimizga eslatish, ma’nan va jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalashdan iboratdir”, – deydi O‘zLiDeP Farg‘ona shahar Kengashi raisi S.Komilova.
Tadbir yakunida ishtirokchilar Farg‘ona xalqaro aeroportidagi harbiy texnikalar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Sh.TO‘XTAMATOV,
O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar talabalar bilan ekologiya mavzusida qiziqarli suhbat qurdilar
19.04.2024, 15:10
-
Deputat “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi
19.04.2024, 14:53
-
Deputat talabalarning muammo va takliflarini o‘rgandi
19.04.2024, 14:50
-
Deputat g‘allaorollik saylovchilar bilan muloqotda bo‘ldi
19.04.2024, 14:41
-
Deputatlarning Olmaliqdagi uchrashuvlarida xususiy korxonalar muammolari o‘rganildi
19.04.2024, 14:31
Fikringizni qoldiring