“Yurt tinchligi – eng buyuk ne’mat”

14.01.2020, 17:05

“Yurt tinchligi – eng buyuk ne’mat”

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni Andijon  viloyatida ham keng nishonlanmoqda.

Ayniqsa, vatanparvarlik oyligi doirasida joylarda ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi Bo‘ston tumanida tashkil etildi.

“Vatan tinchligi – eng buyuk ne’mat!” mavzusida bo‘lib o‘tgan tadbirda Vatan tinchligi, xalq xotirjamligi, farovon hayotga ishonch, albatta, yurt himoyachilarining beqiyos mehnatlari samarasi ekanligi ta’kidlandi.

“Bunday tadbirlar aholining milliy armiyaga bo‘lgan ishonchini oshirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Maqsuda Hakimova. – Chunki o‘quvchi-yoshlarimiz tadbir davomida namoyish etilgan vatanparvarlik tuyg‘ulari aks etgan badiiy chiqishlar orqali ma’naviy ozuqa oldilar”.

Ushbu sana munosabati bilan Marhamat tumanida ham ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Bugun O‘zbekiston armiyasi yoshlarning irodasini toblaydigan, ularni o‘z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalaydigan jasorat hamda matonat maktabi sifatida o‘zini namoyon qilmoqda, –  deydi tuman Mudofaa bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari R.Ismatullayev. – O‘g‘lonlarimizda harbiy xizmatga, boshqacha aytganda, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, osmonimiz musaffoligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga bo‘lgan mas’uliyat tuyg‘usi kuchaydi”.  

OʻzLiDeP Andijon viloyat

Kengashi  matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    2313
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+