Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati

14.01.2020, 19:09

Vatanparvarlik – milliy yuksalish  kafolati

Samarqand shahar Cho‘ponota qo‘rg‘onidagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar Qurolli Kuchlarimiz safini har tomonlama yetuk harbiy xizmatchilar bilan to‘ldirishni sifat jihatidan yaxshilash imkonini berayotgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning har tomonlama barkamol ulg‘ayishiga alohida e’tibor qaratib kelinayotgani ta’kidlandi.

“Bugun milliy armiyamiz safida jismonan sog‘lom, dunyoqarashi keng yoshlar xizmat qilyapti. Shuni iftixor bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Qurolli kuchlari tarixan qisqa davrda murakkab shakllanish yo‘lini bosib o‘tdi va bugungi kunda zamonaviy talablarga javob beradigan, yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan armiya sifatida o‘zini namoyon etmoqda. Bugun yoshlar, ayniqsa, sheryurak posponlarimizga qarab, qalblarimiz cheksiz faxrga to‘ladi”, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri N.Mo‘minova.

 Tadbir so‘nggida partiya faollari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    741
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+