Mardlar qo‘riqlaydi vatanni

14.01.2020, 19:23

Mardlar qo‘riqlaydi vatanni

O‘zLiDeP G‘ijduvon tuman Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tumandagi “Nuroniylar maskani” qoshidagi BPTda bo‘lib o‘tgan tadbirda mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar qatnashdi.

Tadbirda so‘z olganlar keyingi yillarda mamlakatimizda Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimiz tinchligi, hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qilayotganini alohida e’tirof etdilar. 

Tadbirda shuningdek, o‘quvchi-yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar kuylandi, turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

 Obid QO‘LDOShOV,

O‘zLiDeP Buxoro

viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+