O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
15.01.2020, 16:10

Bugun Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tavsiya etish masalalariga bag‘ishlangan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining majlisini chaqirish masalasi muhokama qilindi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etilishi belgilangan.
2019 yil 22 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlar hamda joriy yil 5 yanvarda o‘tkazilgan takroriy ovoz berish jarayonlari natijasiga ko‘ra O‘zLiDeP yana bir bor mamlakat Konstitutsiyasida belgilangan vakolatni amalga oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Partiya Ustaviga ko‘ra ushbu masala O‘zLiDeP Siyosiy Kengashining mutlaq vakolatlariga kirishini inobatga olgan holda Ijroiya qo‘mita partiya Siyosiy Kengashining mazkur masalaga bag‘ishlangan navbatdagi majlisini shu yil 18 yanvar kuni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ijroiya qo‘mita yig‘ilishida boshqa masalalar ham muhokama etilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
O‘zLiDeP matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
O`zLiDeP Prezidentimizning BMT sessiyasidagi nutqidan kelib chiqadigan chora-tadbirlar rejasini belgilab oldi
26.09.2020, 15:45
-
O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida muhim vazifalar belgilab olindi
18.08.2020, 11:03
-
Partiya tuzilmalari tomonidan o‘tgan davrda qilingan ishlarga tahliliy-tanqidiy baho berildi
18.08.2020, 10:03
-
O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
18.08.2020, 09:56
-
O‘zLiDePning Prezidentimiz Murojaatnomasidan kelib chiquvchi ustuvor vazifalari muhokama qilindi
08.01.2019, 17:59
Fikringizni qoldiring