O‘zLiDeP vakili amudaryolik yoshlar bilan uchrashdi

16.01.2020, 17:03

O‘zLiDeP vakili amudaryolik yoshlar  bilan uchrashdi

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Sharapat Otemisov amudaryolik  yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tuman hokimligi, tegishli tashkilot va idora vakillari, partiya faollari ishtirok etgan uchrashuvda so‘nggi uch yilda tumanda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi.

“Joylarda bo‘lgani kabi Amudaryo tumanida ham yoshlarning o‘z tadbirkorligini tashkil etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, ularga biznes-reja tuzishdan tadbirkorlikni yuritishgacha bo‘lgan barcha jarayonda iqtisodiy, huquqiy, moddiy va ma’naviy ko‘mak berilmoqda. Masalan, birgina o‘tgan yilda partiya ko‘magida ko‘plab yoshlarimiz tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishdi”, – deydi  Sh.Otemisov.

Uchrashuvda yoshlarning taklif, istaklari va muammolari tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot  xizmati

  • Ko'rildi
    727
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+