Xonqalik yoshlarning tadbirkorlikka oid bilimlari oshirildi

16.01.2020, 17:06

Xonqalik  yoshlarning tadbirkorlikka  oid bilimlari oshirildi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi O‘zbekiston savdo sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi qoshidagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi bilan hamkorlikda ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda tadbirkorlik loyihalarini banklar orqali moliyalashtirishning huquqiy asoslari hamda kreditlarni rasmiylashtirish jarayonlari va shart-sharoitlari xususida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

“Yoshlar — bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi. Shu boisdan Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalar etib belgilangan. Bugungi muloqotni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham yoshlarning qiziqishlarini o‘rgangan holda ularni biznesga jalb qilish va bandligini ta’minlashdan iboratdir”, – deydi Sh.Nurullayeva.

Tadbir davomida xonqalik Sarvarbek G‘ulomjonov tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi ekanini aytib, tijorat bankidan imtiyozli kredit olishda ko‘mak so‘radi. Partiya vakillari Sarvarbekka bu masalada yordamga tayyorligini bildirdi. 

Nasiba VAISOVA,

 O‘zLiDeP Xorazm viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    693
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+