Tadbirkorlik sari ilk qadam

16.01.2020, 17:08

Tadbirkorlik sari ilk qadam

Xovos tumanida tadbirkorlik faoliyatini boshlash arafasida turgan yoshlarning sohaga oid bilimlarini oshirish maqsadida  “Tadbirkorlik sari ilk qadam” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O‘zLiDeP Sirdaryo Kengashi, Tadbirkorlik faoliyati asoslariga o‘qitish Respublika markazi viloyat filiali hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan seminarda tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchi yoshlar qatnashdi.  

 “Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlarni tadbirkorlik sohasiga doir bilim va malakalarini oshirish, bandligini ta’minlashdan iborat, – deydi Tadbirkorlik faoliyati asoslariga o‘qitish Respublika markazi Sirdaryo viloyat filiali bosh mutaxassisi Rustam Mamirov. – Shu bois, ishtirokchilarga asosan tadbirkorlikni boshlash, korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish, marketing, mahsulot va mahsulot reklamasi haqida ma’lumotlar berdik”.

Seminarda Xovos tuman Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi I.Xayrullayev va tuman moliya bo‘limi vakili B.Rajabovlar viloyatda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, yoshlarga biznes reja tuzish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi. 

                        Farrux RUSTAMOV,

                             OzLiDeP Xovos tuman Kengashi

 raisi o‘rinbosari

  • Ko'rildi
    1503
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+