O‘zLiDeP faoli 150 o‘rinli yangi bog‘cha quryapti
17.01.2020, 17:51
Bo‘kalik Barno Boyqarayeva 2015 yildan buyon tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Bugun u rahbarlik qilib kelayotgan “Mashxur Nur” MChJda 20 nafarga yaqin xotin-qiz mehnat qilmoqda. Tinib-tinchimas tadbirkor joriy yilda yana bir xayrli ishga qo‘l urdi.
Gap shundaki, yaqinda u AT “Aloqabank” Toshkent viloyat filialidan 3 mlrd. 300 mln. so‘mlik kredit olib, “Jag‘albayli” MFY hududida davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qurishga kirishdi.
B.Boyqarayevaning aytishicha, yangi barpo etilayotgan ko‘rkam binoda 150 nafar o‘g‘il-qizga jahon andozalari darajasida ta’lim-tarbiya berish uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Yotoqxonalar, mashg‘ulot xonalarida kichkintoylarning intellektual salohiyatini o‘stirish, sog‘lom va madaniy turmush tarzi tamoyillari asosida tarbiyalashning barcha zarur talablari e’tiborga olingan.
“Bog‘cha to‘liq ishga tushgach, 20 ta yangi ish o‘rni yaratiladi, – deydi tadbirkor. – Bu loyihamizni tuman hokimi B.Ibragimov ham qo‘llab-quvvatlab, bino poydevoriga birinchi g‘ishtni qo‘yib berdi. Zero, muassasamiz faoliyat boshlagach, kundalik mashg‘ulotlardan tashqari rus, ingliz tili, shaxmat, shashka, to‘garaklari ham faoliyat ko‘rsatadi”.
A.TUYChIYEV,
O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi
matbuot xizmati kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar talabalar bilan ekologiya mavzusida qiziqarli suhbat qurdilar
19.04.2024, 15:10
-
Deputat “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi
19.04.2024, 14:53
-
Deputat talabalarning muammo va takliflarini o‘rgandi
19.04.2024, 14:50
-
Deputat g‘allaorollik saylovchilar bilan muloqotda bo‘ldi
19.04.2024, 14:41
-
Deputatlarning Olmaliqdagi uchrashuvlarida xususiy korxonalar muammolari o‘rganildi
19.04.2024, 14:31
Fikringizni qoldiring