Kitob – ma’naviyat beshigi
20.01.2020, 17:28

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi Pastdarg‘om tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitob – ma’naviyat beshigi” mavzusida davra suhbati tashkil etdi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – jamiyatda kitob va kitobxonlikning nufuzini oshirish, yoshlarni axborot-kutubxona muassasalari va umumta’lim maktablari hamda mahalla kutubxonalariga jalb etish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishdan iborat.
“Kitob — eng yaqin do‘st. Hayotning og‘ir lahzalarida unga suyanishingiz mumkin. U sizni hech qachon sotmaydi. Kitob qalbni yoritadi, insonning qaddini rostlaydi, mustahkamlaydi, undagi ezgu niyatlarni jonlantiradi, aqlni o‘tkir, yurakni yengil qiladi.
Har qanday davlatning kelajagi — bu uning ma’rifatli, aqlli yoshlaridir. Bu olmos haqiqat. Shu sababli bilim olish — hozirgi avlodning Vatan kelajagi oldidagi qarzi hisoblanadi”, – deydi O‘zLiDeP viloyat Kengashi ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri M.Chuliyeva.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “Durdona” ma’rifiy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar yosh avlodni milliy g‘urur va iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z qorachig‘idek avaylab-asrashga o‘rgatadi.
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” ishsiz xotin-qizlarga tadbirkorlik sir-asrorlarini o‘rgatmoqda
16.09.2020, 17:36
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” seminarida samarqandlik 201 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgani ta’kidlandi
16.09.2020, 17:21
-
O’zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli yangiyerlik xotin-qizlarga bepul mahorat darsi o‘tkazdi
15.09.2020, 15:29
-
Kosonlik O‘zLiDeP faoli uyda o‘tirgan ayollarga tikuvchilikdan “master-klass” o‘tkazdi
10.09.2020, 17:32
-
Senator Xivada “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi
10.09.2020, 17:31
Fikringizni qoldiring