Yo‘qqa hasham, borga daromad...ga chek qo‘yiladi

21.01.2020, 09:19

Yo‘qqa hasham, borga daromad...ga chek qo‘yiladi

Buloqboshi tumani “Qashqar” MFY, “Kattatol” ko‘chasida yashovchi M.Mamato‘xtayeva to‘y boshladi. Quda tomon ham shu mahalladan. Ikki tomon bir-biriga ma’qul bo‘lgach, to‘y tayyorgarliklari boshlandi. O‘zLiDeP Buloqboshi tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan mahalla faollari ishtirokida ushbu xonadonda targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

“Bugun oramizda ixchamlashtirilgan to‘y tarafdorlari bilan bir qatorda hoyu havas ortidan dabdabali to‘yni orzu qiluvchilar ham ko‘p. Shu sababli tumanimizdagi mavjud 37 ta MFY mutasaddilari mahalladagi 25 ming 120 xonadonlarda bo‘lib o‘tadigan oilaviy tadbir-u marosimlarni ixchamlashtirish masalasiga jiddiy yondashmoqda, – deydi “Qashqar” MFY mutaxassisi A.Mamajonova. – Imkon qadar barcha oilalarni qamrab olyapmiz”.

Mazkur tadbirning mantiqiy davomi tumandagi “Nuroniy” jamg‘armasi Buloqboshi tuman bo‘limida bo‘lib o‘tdi.

“To‘y va marosimlarimiz qadriyatlarimiz ko‘zgusidir. Ammo pul topib, oyog‘i yerdan uzilgan ba’zi boyvachchalar bu borada odob-axloq mezonlarini mutlaqo unutib, o‘z boyligini ko‘z-ko‘z qilishga harakat qilmoqda. Vaholanki, bunday tadbirlar yaqin qarindoshlar o‘rtasida qarzdorlikning vujudga kelishiga va oqibatda keskin ziddiyatlarga olib kelmoqda”, – deydi  Buloqboshi tuman bosh imom xatibi M.Botirov.

Tadbirda joylarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining kengashi va O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining kengashi qo‘shma qarori targ‘ibotini yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

 Mirzohid PARPIYEV,

O‘zLiDeP Buloqboshi

tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+