O‘zLiDeP deputati namanganlik yoshlar bilan uchrashdi

22.01.2020, 09:57

O‘zLiDeP deputati namanganlik yoshlar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat kengashi raisi Ikromxon Najmiddinov yoshlar bilan uchrashdi.

Unda Namangan shahar hokimligi, partiya viloyat Kengashi vakillari, jamg‘armaning shahar-tuman kengashi raislari, viloyat “Mahalla” xayriya jamg‘armasi mutasaddilari hamda o‘quvchi-yoshlar qatnashdi.

Namangan shahridagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Farovon hayot mukammal tarbiyadan boshlanadi” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirda odob-axloq, ta’lim-tarbiya, insoniy fazilatlar bilan bog‘liq dolzarb masalalar kun tartibida bo‘ldi.

1746 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olgan mazkur ilm dargohida samarali faoliyat olib borayotgan “Buvijonlar maktabi”, “Ranglar jilosi” to‘garaklari hamda sportning turli yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan o‘quvchilar faxriylar va jamoatchilik vakillarini diqqat e’tiborini tortdi.

Tadbir so‘nggida yoshlarning taklif va mulohazalari tinglanib, zarur taklif va tavsiyalar berildi.

Yulduz YULDASHEVA,

                                                       O‘zLiDeP Namangan viloyat

 Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    723
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+