O‘zLiDeP deputati ko‘magida Baliqchida uchta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat boshladi

22.01.2020, 09:59

O‘zLiDeP deputati ko‘magida Baliqchida uchta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat boshladi

Baliqchi tumanining “Qiyali” mahalla fuqarolar yig‘inida 2019 yil oxirida sport buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kichik tikuv tsehi ish boshladi. Bugun M.Xolmatova rahbarlik qilayotgan korxona xodimlari xalq deputatlari tuman kengashi deputatligiga saylangan S.Xudoyberdiyevadan minnatdor. Sababi deputat tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tsehda ishlab chiqarilayotgan 10 turga yaqin sport buyumlari bugun ichki bozorda xaridorlarini topib ulgurdi.

Hududda yangi ish boshlagan “Go‘zallik saloni” ham bugun mijozlar bilan gavjum. Nigora Xo‘jamova rahbarlik qilayotgan mazkur ayollar sartaroshxonasi faoliyati ham mahalla xotin-qizlari uchun ayni ko‘ngildagi muddao bo‘ldi.

“O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”ning xotin-qizlarni kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilikka jalb etishga mo‘ljallangan “Bunyodkor ayol” loyihasi doirasida tumanda ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, – deydi S.Xudoyberdiyeva. – Hududimizdagi maishiy xizmat ko‘rsatish shohobchalarining tashkil etilishi ham, albatta, aholining talablaridan kelib chiqqanini ta’kidlashni istardim. Bugun qishloqlarni zamonaviy shaharlardan qolishmaydigan darajaga yetkazish fursati yetdi, deb hisoblayman. Kecha bizga ishonib ovoz bergan saylovchilarning muammolariga yechim topish eng asosiy vazifamizdir”.

Darvoqe, deputat tashabbusi bilan mazkur loyiha doirasida tashkil etilgan “Kamalak” maktabgacha ta’lim muassasasi bugun hududdagi 30 nafar tarbiyalanuvchini qamrab olgan.

 Mohidil TOXLIBOYEVA,

O‘zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi

 apparat rahbari

  • Ko'rildi
    685
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+