Xalqning ishonchini oqlash uchun bugundan boshlab jiddiy harakat qilamiz

22.01.2020, 17:59

Xalqning ishonchini oqlash uchun bugundan boshlab jiddiy harakat qilamiz

Prezidentimizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislaridagi nutqini televideniye orqali ko‘rdik, bosma va elektron nashrlardan o‘qidik.

Prezidentimiz deputat, avvalo, hamisha xalq dardi bilan yashashi, odamlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish uchun fidoyilik ko‘rsatib boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerakligini yana bir bor tushuntirib o‘tdilar. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining “Har bir deputat besh yil davomida o‘z so‘zining ustidan to‘liq chiqishi, partiyasining obro‘sini saqlashi uchun bugundan boshlab jiddiy harakat boshlashi kerak” degan so‘zlari mahalliy Kengashlardagi  deputatlarni ham yanada shijoat va mas’uliyat bilan ishlashga undamoqda.

Shu sababli biz saylovchilar va elektorat manfaatlarini himoya qilish uchun berilgan vakolat hamda imkoniyatlarni to‘la ishga solishga, qo‘yilgan vazifalarni teran anglab, faoliyat yuritishga bor kuchimizni safarbar etamiz. Zero, shundagina, oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishish mumkin.

Prezidentimiz deputatlar tashabbus ko‘rsatish uchun o‘z ustida muntazam ishlashi, har bir soha bo‘yicha qabul qilingan qarorda xalq manfaatlari yo‘lida mustahkam zamin yaratishi kerakligini ta’kidladilar.

Haqiqatdan ham, agar deputat yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lsa, malakasini doimiy oshirib borsa, o‘ylaymanki, ular xalq bildirgan ishonchni oqlay oladi, joylardagi muammolarga yechim topa oladi. Chunki bugun xalqimiz bizga katta umid va ishonch bilan qaramoqda.  Yuksak hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lish uchun esa eng avvalo, amaliy ishlar bilan xalqning mehrini qozonish, ishonchini oqlash kerak. Xalqni rozi qilish va partiyamiz obro‘sini saqlash uchun bugundan boshlab jiddiy harakat qilamiz.

Olimxon  BABAXANOV,

 Xalq deputatlari Namangan viloyat

Kengashidagi O‘zLiDeP

 deputatlik guruhi a’zosi

  • Ko'rildi
    861
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+