Samarqandlik tadbirkorlarga yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyati tushuntirildi

22.01.2020, 18:06

Samarqandlik tadbirkorlarga yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyati tushuntirildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi Biznes tuzilmalar va fermerlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand shahar soliq inspeksiyasi vakillari  O‘.Ashurov, J.Muhammadov va Orzu Yunusovlar yangi tahrirdagi Soliq kodeksi 71 ta bob 480 ta moddadan iborat ekanini aytib, undan qator yangiliklar, o‘zgartirishlar o‘rin olganini ta’kidlashdi.

Qayd etilganidek, mazkur kodeks bilan soliq qonunchiligi soddalashtirildi, qonunchilikdagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar bartaraf etildi. Eng muhimi soliq nazorati mehanizmlari takomillashtirilib, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi kuchaytirildi.

“Joriy yilning 1 fevraliga qadar xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan joylardagi 3500ga  yaqin tadbirkorlik sub’ektlari, fermerlar va boshqa soliq to‘lovchilarga mazkur kodeksning mazmun-mohiyatini tushuntirish rejalashtirilgan. Hozirga qadar partiya faollari va deputatlar tomonidan 500 dan ortiq targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi”, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi bo‘lim mudiri Qodir Shoyimov.     

Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

 O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1316
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+