Namangan shahridagi elektr toki bilan bog‘liq muammo qachon bartaraf etiladi?

23.01.2020, 16:43

Namangan shahridagi elektr toki bilan bog‘liq muammo qachon bartaraf etiladi?

32-Isfarxon saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga saylangan Zokir Xodjayev Namangan shahridagi “Obod mahalla” fuqarolar yig‘ini aholisi bilan uchrashdi.

Yuzma-yuz muloqot davomida fuqarolar mahalladagi “Ilg‘or” ko‘chasida yashovchi 100 dan ortiq xonadon elektr tarmog‘iga ulab berilmaganidan shikoyat qilishdi.

Xalq vakili Z.Xodjayev ushbu muammoni atroflicha o‘rganib, shu kunning o‘zida Namangan hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari J.Rizayevga deputatlik so‘rovi yubordi.

“Ochig‘i, elektr toki masalasida murojaat qilmagan joyimiz qolmadi, – deydi shu mahallada yashovchi N.Azimova. – Lekin mutasaddilar har gal bir xil javobdan nariga o‘tishmaydi. Mana, o‘zimiz ishonch bildirib saylagan deputatimiz muammoyimizni joyida o‘rganib, shu kunning o‘zida hal etish choralarini ko‘rdi. Eng muhimi, hududimizda qanday muammo bo‘lsa, yechimini topishga shay ekanini bildirdi”.

Umid qilamizki, Namangan shahridagi fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar tez orada yechim topadi. Bu borada tegishli idoralardan o‘rinli javob kutib qolamiz.

Yulduz  YULDASHEVA,

O‘zLiDeP Namangan viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    93
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+