O‘zLiDeP deputati marhamatliklar muammosiga yechim topdi

23.01.2020, 19:18

O‘zLiDeP deputati marhamatliklar  muammosiga yechim topdi

13-Boboxuroson saylov okrugidan xalq deputatlari Marhamat tuman kengashi deputatligiga saylangan I.Isroilova allaqachon saylovchilar muammosini o‘rganishni boshlab yuborgan. Tinib-tinchimas xalq vakili hududni qiynab kelayotgan og‘riqli nuqtalarga yechim topish istagi bilan yonayotganini faoliyatida ko‘ryapmiz.

“Mahalla fuqarolar yig‘inimizdagi mavjud 4320 nafar aholining o‘y-tashvishlari, muammolariga yelkadoshlikni niyat qilgan deputatimizga rahmat, – deydi “Boboxuroson” MFY raisi Odinajon Otaxonov. – O‘zimiz murojaat bilan borgunimizga qadar hududimizga kelganidan xursand bo‘ldik. Mana, deputat qanday ishlashi kerak! O‘z o‘rnida bartaraf etilishi zarur bo‘lgan masalalarni havola qildik. Elektr, ichimlik suvi ta’minoti ayrim ko‘chalarimiz aholisini qiynab kelayotgan edi. Yechim topishga deputatimiz va’da berdi”.

Shu mahallada yashovchi Dilorom Ma’rufjonova ham deputat tashrifidan mamnun. Boisi farzandi davolanishga muhtoj. Biroq moddiy ta’minoti yetmayotgan ayolning boshi qotgandi. Birovdan pul so‘rash amrimahol. Xalq noibining yordami bilan bolasi viloyat bolalar shifoxonasiga yo‘llanma bilan davolanishga yotqizildi.

Boboxuroson mahallasining ichki yo‘llari ta’mirga muhtoj. Yog‘ingarchilik kunlari bu ko‘chalarga kirib bo‘lmaydi. Mazkur muammo deputat e’tiboridan chetda qolmadi. Homiy tadbirkor hamkorligida shag‘al yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

 Muharram GULMATOVA,

                                                        O‘zLiDeP Marhamat tuman

Kengashi ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    692
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+