Murojaatnomada belgilangan vazifalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olinmoqda

26.12.2017, 17:36

Murojaatnomada belgilangan vazifalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olinmoqda

Yaqindagina mamlakatimizda ulkan bir voqea ya’ni vatanimiz tarixida birinchi bor Prezidentimiz parlamentga o‘z murojaatnomasini taqdim qildi. Yurtboshimiz tomonidan bildirilgan fikrlar, takliflar hamda yangi g‘oyalar nafaqat parlament a’zolarini, balki biz O‘zLiDeP Curxondaryo viloyat Kengashi xodimlari va partiyamiz elektorati bo‘lgan tadbirkorlarni va fermerlarimizni ham hayojonga soldi.

Murojaatnomada belgilangan vazifalar, ilgari surilgan g‘oyalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘lami shu qadar sodda va ravon tilda xalqimizga yetkazildiki, bu kabi ustuvor vazifalarni amalga oshirilishda yurtimizning har bir fuqarosi o‘zining munosib xissasini qo‘shish uchun kuch va g‘ayrat hissini bag‘ishladi.

Muxtaram yurtboshimiz ushbu murojaatnomasida iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy sohalardagi mavjud yutuqlar bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Xususan, boshqa sohalar qatori siyosiy partiyalarning jamiyatda tutgan o‘rni va roli haqida to‘xtalar ekanlar, ichki kuyunchaklik bilan qachonki hududlardagi vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarsa, budjet ijrosi to‘liq ta’minlansa, jinoyatchilik kamaysa, yangi ish o‘rinlari yaratilsa, eng muhimi, xalqimizning turmush darajasi yaxshilanishining o‘ziyoq mamlakatimizdagi islohotlarimiz samarasini oshirishda parlament, deputat va senatorlar hamda mahalliy deputatlarning roli va o‘rni oshganini bildiradi.

Murojaatda ta’kidlanganidek, hozirgi jarayonda deputatlarimizni ham faollikka chaqirishimiz hamda birgalikda barcha sohalarda vaziyatni tubdan o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish uchun ta’sirchan choralar ishlab chiqishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada kuchaytirish zarurligi to‘g‘risidagi fikrlari biz partiya xodimlari va barcha deputatlarimizni o‘z ustimizda yanada ko‘proq ishlash, ish uslubimizni zamon ruhida takomillashtirish hamda aholi muammolarini ijobiy hal etishda yangicha yondashish zarurligini his qildik.

Aynan shu maqsadda, kelgusi 2018 yil davomida partiyamiz elektorati bo‘lgan tadbirkor va fermerlar bilan yanada yaqinroq munosabat o‘rnatish, ularni qiynab turgan muammolar va takliflarni o‘rganib  mavjud muammo va takliflar yuzasidan har bir hududning iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz orqali ularga amaliy yordam berish, berilgan taklif va mulohazalarini hududiy Kengash sessiyalarida muhokama qilish  asosida hal etish kabi ulkan vazifalarni belgilab oldik.

 

Alisher  RO‘ZIYEV,

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

 raisi vazifasini bajaruvchi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1346
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+