O‘zLiDeP faoli 100 nafar sardobalik yoshlarni ishli bilan ta’minladi

28.01.2020, 15:26

O‘zLiDeP faoli 100 nafar sardobalik yoshlarni ishli bilan ta’minladi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Sardoba tuman Kengashi hamkorligida “Tadbirkorlik – davr talabi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Paxtaobod shaharchasida istiqomat qiluvchi yoshlar “Friend's in Sardoba” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishishdi.

Yosh tadbirkor, ushbu korxona rahbari Mavjuda Abdug‘aniyeva “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasidan ajratilgan 200 million so‘mlik kredit evaziga zamonaviy uskunalar olib kelib qishloq sharoitida qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sexini tashkil qildi. Hozirda 10 nafarga yaqin ayollar mehnat qilayotgan qandolat sexida 12 turdagi qandolat mahsulotlari, kuniga 150 donadan ziyod qolipli non ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Sexda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga Guliston, Jizzax va Sardoba tumanining o‘zida talabgorlar safi kun sayin ortib bormoqda. Shuningdek, MChJ qoshida 2 ta savdo do‘koni ishlab turibdi.

- Paxtaobod qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejini tamomlagach, qandolatchilik sexida ish boshladim, - dedi Aziza Soatova. - Shu yerda ishlash jarayonida qandolat mahsulotlari tayyorlash sir-asrorlarini o‘z ishining ustasi  Nargiza Hasanovadan o‘rgandim.

Ushbu sexda faoliyat yuritayotgan ko‘plab boshqa yoshlar ham mahalla hududidan qandolatchilik sexi ochilganligi ayni muddao bo‘lganligini ta’kidlashdi.

Shuningdek, tadbirkor kelgusida makaron ishlab chiqarish sexini tashkil etish va ish o‘rinlarini ko‘paytirish niyatida ekanligini bildirdi.

                            Dilorom ESONOVA,

                   O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    844
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+