Fermer va tadbirkorlarlarga yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

28.01.2020, 15:32

Fermer va tadbirkorlarlarga yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kegashi hamda Samarqand tuman fermer va dehqon xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi “Ekstenshn” markazi hamkorligida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tajribali soha mutaxassislari tomonidan ushbu Soliq kodeksi mazmun-mohiyati va undagi qator imtiyozlar borasida tushunchalar berib o‘tildi.

Ta’kidlash joizki, yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliq nazorati mehanizmlari takomillashtirilib, insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasi kuchaytirildi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Tadbirkorlik sub’ektlari uchun soliq to‘lash tizimi soddalashtirildi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalari qisqartirilib, soliq so‘mmasi aniq belgilab qo‘yildi. Eng muhimi endilikda soliq organlari xodimlari tadbirkorlarga nazoratchi organ emas, balki yang yaqin ko‘makchi, xizmat ko‘rsatuvchi organga aylantirildi.

Bundan tashqari fermer xo‘jaliklarning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘idan ozod etilgani fermerlarga katta imtiyoz bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    1066
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Ташанов Яздон ЎзЛиДеП Каттақўрғон туман Кенгаши раисининг биринчи ўринбосари аппарат раҳбари2020-02-18 11:14:41

Якка тартибдаги тадбиркорлар учун берилган имтиёзлар барча фуқароларни қизиқтирмоқда.


Fikringizni qoldiring

+