O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” samarqandlik yoshlarga Murojaatnoma mohiyatini tushuntirdi

30.01.2020, 15:17

O‘zLiDeP “Yoshlar qanoti” samarqandlik yoshlarga Murojaatnoma mohiyatini tushuntirdi

O‘zLiDeP  Samarqand viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tegishli soha vakillari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etgan tadbirda Murojaatnomada belgilangan vazifalar haqida yoshlarga keng tushunchalar berildi.  

“Murojaatnomada bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar aks etgan. Masalan, birgina yaqin yillarda maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 50-60 foizga yetkazish, qabul kvotalarida davlat grantlari 2 barobarga oshishi yoshlar uchun katta sovg‘a bo‘ldi. Shuningdek, qizlar uchun alohida grantlar ajratilishi va oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini optimallashtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani yurtimiz yoshlarini ruhlantirdi, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirdi”, – deydi O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi apparat rahbari I.Botirov.

Tadbirda so‘z olgan partiya vakillari Murojaatnomada belgilangan vazifalarning sifatli amalga oshirilishi mamlakatimizni yanada yuksaltirish hamda taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    776
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+