Prezidentimiz Murojaatnomasi biz tadbirkorlarga yanada kuch bag‘ishladi

27.12.2017, 16:47

Prezidentimiz Murojaatnomasi biz tadbirkorlarga yanada kuch bag‘ishladi

Bugungi kunda tadbirkorlarga qaratilayotgan imkoniyatlarning chek chegarasi yo‘q. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deya nom berilishi tadbirkor ayollar uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Hozirgi globallashuv sharoitida mamlakatimizning innovatsion rivojlanish salohiyati, aholi, ayniqsa xotin-qizlarimizning yuqori bilim darajasi mamlakat yuksalishining muhim omiliga aylanishida, xotin-qizlarning ilm-fan sirlarini puxta egallashlarida, o‘z qobiliyatlari va imkoniyatlarini jamiyat taraqqiyoti uchun yo‘naltirishlari, xalq, millat, mamlakat kelajagi yo‘lida ijtimoiy faol bo‘lishini talab qiladi.

Men ham bo‘lg‘usi tadbirkor sifatida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi kichik seximni katta sexga aylantirishni, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlab mahsulotlarimni xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni, mahalladagi xotin-qizlarni, tengdoshlarimni ish bilan ta’minlash va shu orqali o‘z biznesimni samarali yo‘lga qo‘yishni maqsad qilib oldim.

Hurmatli yurtboshimizning kuni kecha parlamentga, xalqqa qilgan murojaati biz, ayollarni ham yanada faol bo‘lishga, vatanimiz, xalqimiz uchun sidqidildan mehnat qilishga undaydi.

Dilrabo MATQULIYEVA,

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faoli,

 Tadbirkor

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1521
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+