BPT ko‘magi bilan tadbirkorlar soni ortmoqda

28.12.2017, 15:56

BPT ko‘magi bilan tadbirkorlar soni ortmoqda

Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan va sifat bosqichiga ko‘tarilgan iqtisodiy islohotlardan kutilgan bosh maqsad aholi turmush darajasini yaxshilash, elimiz farovonligini yanada oshirishdan iborat. Xonadonlarimizda farovon turmush tarzini yaxshilashda esa oilaviy tadbirkorlikni alohida o‘rni bor.

Bu borada O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan partiyaning bir qator istiqbolli loyihalari doirasidagi tadbirlarning o‘rni katta bo‘lmoqda.

Partiyaning “O‘zLiDeP boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorlik boshlaganlarga ko‘makdosh” loyihasi ham aynan maslakdoshlarimizning joylarda oilaviy tadbirkorlikni, jumladan o‘z tomorqasida faoliyat boshlaganlarni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ko‘makdosh bo‘lish, ular safini kengaytirishga xissa qo‘shishi bilan ahamiyatlidir.

Shuningdek, bevosita boshlang‘ich partiya tashkiloti faollari tomonidan joylarda xususiy tomorqalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar, ularning sabablari aniqlanmoqda hamda muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Masalan, Baxmal tumani O‘smat ShFYda yashovchi Sulaymonov Akmal issiqxona tashkil etishi uchun 6 sotix yer maydoni olishida, Baxmal tumani Qatortol qishlog‘ida yashovchi 11 nafar fuqaroga issiqxona tashkil etishi uchun tuman Agrobankidan  7 mln so‘mdan kredit mablag‘i olishida amaliy yordam ko‘rsatildi hamda 23 ta ish o‘rni yaratildi.

O‘z uyim yonidagi tashlandiq yer maydonini olib issiqxonani tashkil etishimda ko‘pgina muammolar uchrayotgan edi. Mana hozirda yer maydonini olib    6 sotix joydan issiqxona tashkil etdim. Unga 2-3 yillik limon ko‘chatlarini o‘tkazdim va ko‘pgina tadbirkorlar bilan shartnoma tuzib qo‘ydim. Oila a’zolarimning 3 nafarining ish bilan bandligi ta’minlandi,  – deydi Akmal Sulaymonov.

 Loyiha boshidan buyon Baxmal tumanidagi BPT raislari tuman deputatlari bilan birgalikda 129 nafar oila xonadonlariga kirildi va shundan 38 nafariga amaliy yordam ko‘rsatildi. Jizzax viloyati bo‘yicha esa 1506 nafar oilalarga kirilib muammolari aniqlandi shundan 349 nafariga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, partiyaning ushbu istiqbolli loyihasi joylarda qanchalik keng quloch yoyishiga qo‘shilgan xissa joylardagi uyushmagan yoshlarimizning ish bilan bandligi, oilalarimiz farovonligi, dasturxonlarimiz to‘kinligi, bozorlarimiz mo‘l-ko‘lligi va arzonchiligiga xizmat qiladi deb aytishimiz mumkin.

Xolbek Asatov,

O'zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    2023
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+