O‘zLiDeP sardobalik tadbirkorga tuman hokimligidan yer ajratib berishda ko‘maklashdi

10.02.2020, 17:10

O‘zLiDeP sardobalik tadbirkorga tuman hokimligidan yer ajratib berishda ko‘maklashdi

O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat hamda Sardoba tuman Kengashi hamkorligida “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”  mavzusida mahorat darslari tashkil etildi.

Dastlab tadbirda so‘z olgan ishtirokchilar Prezidentimizning Oliy Majlisga yullagan Murojaatnomasidan kelib chiqib unda belgilangan vazifalar va topshiriqlar ijrosini ta’minlash masalalariga to‘xtalishdi. Jumladan, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan, ish bilan ta’minlanmagan xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek hududlarda ayollar tadbirkorligini, fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish, qishloqda haqiqiy mulkdorlar safini kengaytirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan va oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tildi.

Tadbir davomida  ishtirokchilarga Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining mazmun- mohiyati va soliq tizimidagi yangiliklar bilan ham tanishtirib o‘tildi.

Hududda istiqomat qiluvchi uchinchi guruh nogironi Aziza Qurbonova go‘zallik salonida mehnat  qiladi.

-Go‘zallik salonida ishlab topayotgan daromadimiz unchalik ko‘p emas.  Soliqlarni, biz foydalanayotgan binoning ijarasini to‘lash birmuncha qiyinchiliklar tug‘dirayapti, - deydi Aziza Qurbonova. – Yangi soliq kodeksida biz uchun qanday imtiyozlar belgilangan.

Tuman hokimi o‘rinbosari Bunyod Tursunmurodov uning savoliga savol bilan murojaat qildi.

-Sizga o‘z hududingizdan yer ajratib bersak, go‘zallik salonini o‘zingiz qura olasizmi? Kelgusida bu yer o‘zingizning mulkingiz bo‘lib qoladi. Ijara haqi to‘lashdan ham qutulasiz, - dedi hokim o‘rinbosari B. Tursunov. Shuningdek, tadbirkorlar uchun belgilangan yangi soliq imtiyozlari va kredit olib faoliyat yuritish borasida tushuncha berdi.

Tadbirkorning muammosi shu yerning o‘zida hal qilinib, unga o‘zi yashayotgan hududdan go‘zallik saloni uchun yer ajratib beriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir doirasida partiya faollarining hunarmandchilik yo‘nalishidagi ko‘rgazmalari namoyishi tashkil etilgani ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ularga partiya viloyat kengashining tashakkurnomalari topshirildi.                                                    

Dilfuza Farmanova,

                                       Xalq deputatlari Sardoba tuman

Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik

guruhining ijrochi kotibi

  • Ko'rildi
    835
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+