Deputat payariqlik maktab o‘quvchilariga kitoblar sovg‘a qildi

10.02.2020, 17:23

Deputat payariqlik maktab o‘quvchilariga kitoblar sovg‘a qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Abdulla Aslanov Payariq tumanidagi eng olis G‘allakor va Nakurt MFY hududida joylashgan 35-50-maktablarda bo‘lib, o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda xalq noibi Prezidentimizning parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, unda yoshlarni qo‘llab -quvvatlashga oid belgilangan vazifalar haqida tushunchalar berdi.

- Murojaatnomada ilm-fan va ta’lim sohasidagi islohotlar ustuvor vazifalardan biri etib belgilanganligi, yoshlarga bo‘lgan e’tiborning naqadar yuksak ekanligini anglatadi. Ushbu imkoniyat va sharoitlarga munosib javob bergan holda yoshlarimiz yaxshi o‘qishlari  va amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrochilariga aylanishlari kerak bo‘ladi, - dedi A.Aslanov.

Deputat maktabda eng a’lo baholarda o‘qiyotgan yoshlarga badiiy kitoblar sovg‘a qildi.

Shuningdek, deputat Samarqand tumanidagi Oqmachit, Kulba, Navbahor mahallalarida kam ta’minlangan oilalar va nogironligi bor fuqarolarning holidan ham xabar oldi. Homiylar tomonidan oila a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatildi.

Xalq vakili  nafaqa pulini ololmayotgan Nigora Mustafoyevaning murojaatini ham befarq qoldirmadi.

- Biz 4 ho‘jalik bitta xonadonda yashaymiz. Hozirgi sharoitda bolalar uchun ajratilgan nafaqa puli men uchun juda zarur. Ushbu murojaatimni deputatimiz mahalla orqali hal qilib beradigan bo‘ldi. Bizni tinglagan deputatimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi Nigora Mustafoyeva.

Muloqotlar jarayonida aholi tomonidan bildirilgan muammolarning barchasi  deputatning nazoratiga olindi.

Baxtigul Qarshiyeva

O‘zLiDeP Samarqand

viloyat Kengashi

 matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    734
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+