Video: O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov Miroqi qishlog‘i aholisi muammolarini o‘rgandi

10.02.2020, 18:48

Video: O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov Miroqi qishlog‘i aholisi muammolarini o‘rgandi

Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari A.Xaitov xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga bordi.

Shahrisabz tumanidagi Miroqi qishlog‘i aholisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.

Uchrashuvda qishloq infratuzilmasini yaxshilash, yo‘llar holati, aholini tadbirkorlikka jalb qilish orqali ularning bandligini ta’minlash, kredit olish kabi masalalar obdon muhokama qilinib, ushbu murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar vakillariga vazifalar yuklandi va bu bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Uchrashuvdan so‘ng partiya rahbari Miroqi qishlog‘idagi Shahrisabz Muruvvat nogiron ayollar uchun internat uyidagi bemorlar holidan ham xabar olib, ularga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Tashrif chog‘ida ushbu muruvvat uyiga partiyaning sovg‘alarini taqdim qildi.  

Shuningdek, partiya yetakchisi Shahrisabzdagi Agroiqtisodiyot kollejida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan ham muloqot qildi.

Muloqot davomida agrar sohada erishilayotgan yutuqlar, shu bilan birga sohadagi mavjud muammolar ham atroflicha muhokama etilib, kollejga qarashli bo‘lgan bo‘sh yerlardan unumli foydalanish, bunga o‘quvchilarni jalb qilish, yiliga 2-3 marta hosil olsa bo‘ladigan zamonaviy issiqxonalarni qurish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

  • Ko'rildi
    977
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+